Kiber jinoyatchilikka qarshi kurash. Romitan tumani.
2023 yil 6 fevral kuni nomaʼlum shaxs N.D. ismli ayolga tegishli bo‘lgan «Agrobank» tomonidan berilgan plastik kartasidan, aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoxud uning mulkiga bo‘lgan huquqini qo‘lga kiritish maqsadida, jabrlanuvchi bilan telefon va internet tarmoqlari orqali turli shaklda munosabatga kirishgan holda uning plastik kartasi maʼlumotlarini olib, qo‘lga kiritgan plastik karta maʼlumotlari orqali kompyuter texnika vositalaridan foydalanib, 1 mln so‘m pul mablag‘larini yechib olgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan A.Sh. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirgi kunda uning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.