22 Yanvar 2023 yil 603

Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish. Shofirkon tumani

Nomaʼlum shaxs tomonidan 2022 yilning 25 noyabr kunidan 6 dekabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Shofirkon tumani Vardonze mahallasida yashovchi, 1945 yilda tug‘ilgan R.S. va yana 9 nafar fuqarolarning plastik kartasidan jami 18.218.000 so‘m pullari yashirin ravishda talon-toroj qilingan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Shofirkon tumani Bog‘iafzal mahallasida yashovchi 2003 yilda tug‘ilgan I.U. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu shaxsning xuddi shu turdagi boshqa fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlashga qaratilgan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech