20 Fevral 2023 yil 546

Kiberjinoyatlarga qarshi kurash. Kogon tumani

2022 yil 25 dekabr kuni soat 18:30 larda nomaʼlum shaxs, Tutkunda mahallasida joylashgan “Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi” atrofida tushirib qoldirilgan fuqaro A.M.ga tegishli ATB “Ipoteka banki” tomonidan berilgan plastik karta hisobidan bankomat orqali 11.423.100 so‘m pullarni yechib olgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni shu tumanning Istiqbol mahallasida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan S.M. sodir qilganligi fosh etildi.

Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlashga qaratilgan tezkor hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech