Kogon shahar ichki ishlar organlari tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ish natijalari sarhisob qilindi
Bugun, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Baxodirxo‘ja Sharipov, viloyat prokurori o‘rinbosari Aliakbar Pulatov, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi masʼullari ishtirokida Kogon shahar ichki ishlar bo‘limi rahbariyati hamda barcha shaxsiy tarkibi tomonidan joriy yilning olti oyi yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.
Muhokamalarda Kogon shahar hududida joriy yilning to‘qqiz oyi davomida sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabab va omillari, kelgusida “mahallabay” tizim asosida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, shaxsiy tarkib o‘rtasida ijro va xizmat intizomini mustahkamlash, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilish bilan bog‘liq salbiy holatlarni oldini olish borasida har bir tumanda masʼul rahbarlar tomonidan yo‘l qo‘yib kelinayotgan tizimli kamchiliklar birma bir tahlil qilindi.
Tanqidiy va tahliliy tarzda o‘tgan muhokama yig‘ilishida har bir masala yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglanib, amalga oshirilgan ish natijalari birma-bir ko‘rib chiqilib, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbarlar va masʼul xodimlarga nisbatan intizomiy taʼsir choralarni qo‘llash yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Yig‘ilish yakunida Kogon shahrida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan ishlab chiqilgan yo‘l xaritalarining manzilli ijrosini taʼminlash, ayniqsa qizil toifali mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida keng qamrovli profilaktik tadbirlarni jadallashtirish, bundan tashqari, shaxsiy tarkib o‘rtasida ijro va xizmat intizomini mustahkamlash, qonuniylikka rioya qilish, bunda o‘rta bo‘g‘in rahbarlarining masʼuliyatini yana-da oshirish borasida ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Berilgan topshiriqlarning ijrosi esa alohida nazoratga olindi.
Bu kabi muhokama yig‘ilishlari tasdiqlangan grafik asosida boshqa hududiy ichki ishlar organlarida ham o‘tkaziladi.