6 May 2023 yil
380
Kogon shahar: 0.06 gektar yer maydonini 10.000 AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxs tezkor tadbir davomida ushlandi
Kogon shahar Xo‘jabargi ko‘chasida yashovchi, 1982-yilda tug‘ilgan K.A. ismli shaxs boshqa bir fuqaro Sh.A. ga shu ko‘chada joylashgan 0.06 gektar yer maydonini hech qanday hujjatlari yo‘qligini bilaturib, rasmiylashtirib berishini vaʼda qilib, evaziga 10.000 AQSH dollarini talab qiladi.
2023-yilning 20-aprel kuni viloyat IIB TQX JQB xodimlari tomonidan o‘tqazilgan tezkor tadbir davomida ushbu shaxs talab qilingan pullarni olayotgan vaqtda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.