31 Iyul 2023 yil 514

Kogon shahrida yana bir virtual firibgarlik fosh etildi

2022 yilning 5 dekabridan 21 dekabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs, Kogon shahar Xalqlar Do‘stligi ko‘chasida yashovchi t.z. nomiga “Milliybank” tomonidan rasmiylashtirilgan plastik kartadan va yana 3 nafar fuqarolarning plastik kartasidan 4.040.000 pullar axborot texnologiyalaridan foydalanib yechib olib, jabrlanuvchilarga moddiy zarar yetkazgan holda firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Kogon shahar IIB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 3-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Andijon viloyati Shaxrixon tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan M.T. sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu shaxsning respublikamiz bo‘ylab xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan boshqa jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech