Kogon tumani 3-sektorga qarashli mahallalarda tezkor shtab faoliyati orqali fuqarolarning muammolari hal etilmoqda
Kogon tumanining 3-sektoriga qarashli “Kogon”, “Sorg‘un”, “Siyozpoyon”, “Navro‘z”, “Xo‘ja yakshaba” va “Tuniroq” kabi mahallalarida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi hamda bu borada aniqlangan kamchiliklar aniqlanib, amaliy yordam berishga doir chora tadbirlar olib borilmoqda.
Jumladan bugun, 4-yanvar kuni “Sorg‘un” mahallasida istiqomat qiluvchi 1 nafar fuqaroning yashash xonadonida mavjud gaz plitasi bilan bog‘liq muammo zudlik bilan bartaraf etildi.
Shuningdek, tuman hududida joylashgan dorixonalarda “DOK 1 Max” va “Ambranol” kabi dori vositalaridan foydalanmaslik, ularning sotuvini to‘xtatish to‘g‘risida berilgan topshiriq asosida masʼullar tomonidan targ‘ibot va tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu kuni hududdagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari ham o‘rganilib, jamoat transportlarini navbatsiz yonilg‘i bilan taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
Tuman 3-sektor rahbari boshchiligidagi mutasaddilar ishtirokida hududda joylashgan korxona va tashkilotlarda xususan taʼlim muassasalari, shifoxonalardagi issiqlik tizimining ahvoli o‘rganildi.
Tuman IIB binosida tashkil etilgan tezkor shtabning kunu-tun faoliyat yuritishi taʼminlanib, kelib tushgan murojaatlar yuzasidan aniqlangan ijtimoiy muammolar joyida bartaraf etilmoqda.