Kogon tumani mahallarida “Xavfsiz hudud” tadbirlari doirasida keng ko‘lamli profilaktik targ‘ibot tadbirlari olib borildi
Kogon tumani IIB masʼullari tomonidan “Beklar” mahallasida tuman IIB JXX xodimlaridan tashkil topgan yig‘ma otryad “xonadonbay” tizimi asosida “Xavfsiz hudud” maxsus tezkor profilaktik tadbirlar amalga oshirildi
Mazkur profilaktik tadbir davomida savdo obyektlari, xonadonlar, jamoat joylarida aholi va korxonalar xodimlari, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta'minlash, aholi muammolarini o‘rganishga doir huquqiy-targ‘ibot ishlari olib borildi.
Shuningdek, nizoli oilalar, spirtli ichimlikka ruju qo‘yganlar, ov quroliga ega va muqaddam sudlangan hamda xavfli guruhga kiruvchi shaxslar, profilaktik hisob va probatsiya nazorati ostida turgan shaxslarga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish, kelgusida takroran jinoyat va huquqbuzarliklarni sodir etmaslik bo‘yicha ogohlantirishlar berildi.
Yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlash, sodir etilishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida fuqarolar bilan targ‘ibotlar o‘tkazildi.