13 Iyul 2023 yil 549

Kogon tumanida qoramol oʻgʻirligi fosh etildi

Nomaʼlum shaxs Kogon tumani «Yangihayot» mahallasidagi «Shodiyev Sharofbobo fermer xoʻjaligi» dala maydonida qarovsiz qoldirilgan boshqa bir fuqaroga tegishli, bahosi 13.000.000 soʻm boʻlgan bir bosh qoramolni yashirin ravishda oʻgʻirlab ketgan. 

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, olib borilgan tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni tumanning «Yangihayot» mahallasida yashovchi, 1995-yilda tugʻilgan Q.O. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech