10 Iyun 2023 yil 531

Kogon tumanida ustomon firibgar qo‘lga olindi

Kogon tumani IIB hamda Departamentning tuman bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “O‘bacho‘li” mahallasida yashovchi 1981-yilda tug‘ilgan D.S. ismli shaxs “Neftgazqurilishtaʼmir” AJ tasarrufida bo‘lgan 5-sonli “Qurilish-montaj boshqarmasi” unitar korxonasini tugatish jarayonida ekanligi sababli mazkur korxonaga moddiy javobgar shaxs sifatida ishga qabul qilinganligidan g‘arazli maqsadlarda foydalanishni ko‘zlab, boshqa fuqaro Q.I. ni aldab, uning ishonchiga kirib, korxona balansida yoki omborxonasida aslida mavjud bo‘lmasada, o‘zi ishlab kelayotgan mazkur korxonada sotilishi rejalashtirilgan 4 va 6 tonna hajmli 5 dona metall idish (yomkost)lar mavjudligini hamda ularni jami 10.700 AQSH dollari evaziga sotishini aytib, joriy yil 1-iyun kuni taxminan soat 13:30 larda Kogon tumanidagi “Sharshara” restorani oldida fuqaro Q.I. dan kimyoviy ishlov berilgan 10.700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro D.S. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech