15 Iyun 2023 yil 429

Kogon tumanida valyuta qimmatliklarining qonunga xilof muomalasi bilan bog‘liq jinoiy faoliyat fosh etildi

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralarining xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida, Kogon tumani “Geofizika” mahallasida yashovchi fuqarolar 1982 yilda tug‘ilgan R.F. va 1996 yilda tug‘ilgan A.M. lar oldindan jinoiy til biriktirib, 2023 yil 12 iyun kuni taxminan soat 11:30 larda tumanning Konchilar ko‘chasida  qonunga xilof ravishda boshqa bir fuqaroga har bir AQSH dollarini 11.400 so‘mdan hisoblab, 5.000 AQSH dollarini 57 mln. so‘mga ayriboshlagan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 177-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech