3 Fevral 2023 yil 657

Kogon tumanida “Xavfsiz hudud” maxsus tezkor profilaktik tadbirlari o‘tkazildi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Kogon tumani IIB mas’ullari tomonidan «O‘zbekiston» mahallasida «xonadonbay» tizimi asosida viloyat ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlarining malakali xodimlaridan tarkib topgan "Yig‘ma otryad" tomonidan aholi orasida “Xavfsiz hudud” maxsus tezkor profilaktik tadbirlari amalga oshirildi.

Tadbir oldi yo‘riqnomada viloyat IIB HPB mas’ul rahbarlari tomonidan xodimlarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, vazifalar o‘zaro taqsimlandi. 

Tadbir davomida hududlardagi qishloqlar bo‘ylab 17 ta savdo obyektlari, xonadonlar, ko‘cha va jamoat joylarida 14 ta nizoli oila, qo‘ni-qo‘shni va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar vakillari, aholi va korxonalar xodimlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga doir huquqiy-targ‘ibot ishlari olib borildi.

Shuningdek, sog‘liqni saqlash muassasasi hisobida turgan 16 nafar spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan va ruhiy kasallar  xonadonlariga soha xodimlari bilan birga borilib ularning holidan xabar olindi va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ularga firibgarlik, o‘g‘irlik hamda kiberjinoyatchilik qurboniga aylanib qolmaslik yo‘llarini tushuntirish maqsadida chorva mol oldi sotdisi va qassoblik bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar olib borildi.

Yo‘l harakati xavfsizligi yo‘nalishida 93 nafar qoidabuzar haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, 14 ta avtomashina qarzdorligi bo‘yicha jarima maydonchasiga joylashtirildi va 8.230.000 so‘m miqdordagi jarimalar undirildi. Eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish bo‘yicha 120 nafar fuqarolar bilan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Shu bilan birga, haydovchilarga 100 ga yaqin targ‘ibot bukletlari tarqatildi.

Hududlar bo‘ylab aholi xonadonlariga tashrif chog‘ida uy egalarining transport vositalari ham ko‘zdan kechirildi. 

Bunda avtomashinalarning qarzdorligi yoki ularning texnik holati va avtomashina egalarining haydovchilik guvohnomalari va transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarning yangi namunadagisiga almashtirilgan yoki almashtirilmaganligi bo‘yicha fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqotlar tashkil qilindi. Aniqlangan holatlar bo‘yicha fuqarolarga tegishli tavsiyalar berib o‘tilmoqda.

Ushbu mahallada istiqomat qiluvchi 31 nafar muqaddam sudlangan hamda xavfli guruhga kiruvchi 7 nafar shaxslar va 10 nafar tuman IIB profilaktik hisobida va Probasiya nazorati ostida turgan shaxslarga  ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish, kelgusida takroran jinoyat va huquqbuzarliklarni sodir etmaslik bo‘yicha ogohlantirishlar berildi.

Mazkur targ‘ibotlar davomida jami 900 dan ortiq buklet va profilaktika inspektorlari tashrif qog‘ozlari tarqatildi.

Shu kuni 9 nafar ov quroli egalari hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan fuqarolar bilan yakka tartibda profilaktik ishlar olib borilib, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ayniqsa mamlakatimizda aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘lida yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish borasida profilaktik tushuntirishlar berildi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlarining malakali xodimlaridan iborat "Yig‘ma otryad"ning hududlar bo‘ylab bu kabi keng qamrovli tezkor hamda profilaktik tadbirlari tasdiqlangan grafik asosida davom etadi.

Text to speech