27 Aprel 2023 yil 443

Kogon tumani.Giyohvand moddalarning g‘ayriqonuniy aylanishiga qarshi kurashish

Olingan tezkor maʼlumot asosida, joriy yilning 26 aprel kuni soat 22:00 larda, Kogon tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, tumanning “B.Naqshband” mahallasidagi asosiy yo‘ldan harakatlanib ketayotgan “Neksiya-3” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, ushbu avtomashinada yo‘lovchi sifatida borayotgan, 1974 yilda tug‘ilgan T.N. ning egnida bo‘lgan shimining cho‘ntagidan, Buxoro viloyati IIB Ekspert kriminalistika bo‘limining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, sof vazni  8,14 grammga teng bo‘lgan, ko‘p miqdordagi “MARIXUANA” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK. ning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech