18 Iyul 2023 yil 474

Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri

Bugun, 18-iyul kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov huzurida boshqarma apparati hamda xizmat-sohalari, shuningdek, barcha shahar-tumanlar hududiy Ichki ishlar bo‘limlari rahbar va xodimlari ishtirokida videoseloktor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda viloyat ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlarida, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, korrupsiogen holatlarga qarshi keskin kurashishning zamonaviy usul va uslublarini joriy qilish borasida joriy yilning o‘tgan yarmida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, xodimlar tomonidan sodir etilgan xizmat intizomi va qonunbuzarlik bilan bog‘liq holatlarning tub sabablari, ularning kelib chiqish omillari tanqidiy tahlil qilinib, atroflicha muhokama qilindi.

Muhokama jarayonida viloyat ichki ishlar organlarida Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini oshirishga doir yangidan ishlab chiqilgan rahbar xodimlarni reyting baholash bo‘yicha Buxoro tajribasi va ushbu tizimning imkoniyat hamda talablari xususidagi ishlar birma-bir tushuntirib berildi. 

Xodimlarga xizmatga sovuqqonlik bilan qaramaslik, poraxo‘rlik va taʼmagirlik hamda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, vakolatdan chetga chiqmaslik, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lish yuzasidan zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech