15 Sentyabr 2023 yil 1029

Kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish uchun ishni bugundan boshlash zarur

Bugun, 15 sentyabr kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov raisligida Shofirkon tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman sektor rahbarlari, tegishli korxona -tashkilot boshliqlari va masʼullari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda ushbu mavsumda aholini birlamchi ehtiyoji bo‘lgan ko‘mir yoqilg‘isini ajratilishi va uni mahallarga yetkazib berish, ijtimoiy soha obyektlarini issiqlik tizimidagi muammolar va uning yechimi masalasiga alohida eʼtibor qaratilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha masʼullarning chora-tadbirlar rejasi tinglandi.

Tabiiy gaz va elektr -energiyadan noqonuniy ulanish holatlarini oldini olish bo‘yicha tegishli tartibda o‘rganish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Shuningdek, elektr, gaz, suv taʼminoti, issiqlik energiyasi, ko‘mir, suyultirilgan gaz va boshqalar bilan taʼminlashni nazarda tutuvchi iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p xonadonli uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.

Text to speech