7 Iyun 2024 yil 1333

Mahalladoshining xonadonidan tilla taqinchoqlarni o‘margan shaxs fosh etildi

2024 yilning 21 may kunidan 25 may kuniga qadar bo‘lgan vaqt davomida nomaʼlum shaxs Peshku tumanining Turkiston mahallasida yashovchi fuqaroning xonadoniga g‘ayriqonuniy tarzda kirib, mehmonxonasidan bahosi 7.350.000 so‘mlik tilla taqinchoqlarini yashirin ravishda o‘g‘irlab voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi Tergov bo‘limi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni jabrlanuvchining mahalladoshi 2007 yilda tug‘ilgan Q.N. sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu gumonlanuvchining boshqa xuddi shu va boshqa turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech