2 Iyun 2022 yil 333

Mahallalarda aholi murojaatlari o‘rganilmoqda

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Shuxrat Aliyev Buxoro shahar 3-sektoriga qarashli “Fayzullo Xo‘jayev” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda shahar hokimiyati va Xalq qabulxonasi mas’ullari, mutasaddi idoralar vakillari, mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli shuningdek, mahalla faollari ishtirok etishdi.

Jarayonda 20 nafarga yaqin fuqarolarning 30 ga yaqin turli masalalardagi murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi va hal etish choralari ko‘rildi.

Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Text to speech