16 Mart 2023 yil 415

«Mahallabay» ishlash tizimi orqali aholi muammolarini hal qilish hamda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish zarur

Bugun, 16 mart kuni Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik Jonibek Boltayev hamda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari MMI va KBTX boshlig‘i Umid Utayevlar birgalikda Qorako‘l tumani 3-sektor ishchi guruhi hamda sektorga qarli mahallalar “beshlik” vakillari bilan muhokama yig‘ilishini o‘tkazishdi.

Uchrashuvda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, ularning muammolarni aniqlab, aniq choralar ko‘rishda «xonadonbay» tizimi samarali natija berishini taʼkidlanib, hududdagi har bir fuqaroning sharoitidan, ularni qiynayotgan muammolardan mahalla vakillari xabardor bo‘lib, tez va samarali ko‘mak ko‘rsatishi zarurligi, hududlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib aholini tadbirkorlikka yo‘naltirish, muqim yumush, ish bilan taʼminlash, daromad manbai yaratib berish borasida tizimli ishlarni tashkil etish borasida tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, tuman 3-sektoriga kelib tushayotgan har bir murojaatni tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi, unga yechim topish yuzasidan masʼullarga tavsiyalar berildi.

Aholi, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishining oldini olish, ayniqsa firibgarlik, o‘g‘irlik va kibr jinoyat qurboniga aylanib qolishdan ogohlantirish borasida olib boriladigan profilaktik targ‘ibot ishlarini yana-da kuchaytirish zarurligi aytib o‘tildi.

Text to speech