Mahalladoshining avtomashinasidan buyumlarini o‘margan shaxs ushlandi
2023 yil 14 mart kuni soat 09:40 dan soat 13:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs, G‘ijduvon tumani G‘ishti mahallasida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan I.A.ga tegishli bo‘lgan va yashash uyi oldida turgan, oq rangli “Neksiya” rusumli avtomashinaning ashyolar saqlanadigan qutisidan, qora rangli qo‘l sumkasini va uning ichida bo‘lgan uch dona Rossiya Federatsiyasidagi savdo do‘konlarda foydalaniladigan bank plastik kartalarini, bir dona transport kartasini, Rossiya Federatsiyasida yurish uchun rasmiylashtirilgan patent hujjatlarini, fuqaro I.A.ga tegishli xorijga chiqish pasportini, haydovchilik guvohnomasini, avtomashinaning boshqa tegishli hujjatlari hamda har xil kupyuradagi jami 342.000 so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni tumanning G‘ishti mahallasida yashovchi 2010 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan maktab o‘quvchisi t.b. sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirgi kunda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.