15 Sentyabr 2023 yil 1086

Maxsus vositalarni qo‘llash tartibi yuzasidan sayyor o‘quv-yig‘inlari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi IIV masʼul xodimlari ishtirokida Buxoro viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining fuqarolarga nisbatan maxsus vositalar, jumladan, elektroshok moslamalarini qo‘llash sharoitlari, talablari yuzasidan kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar organlarida elektroshok qurilmalari muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishiga muvofiq o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda maxsus vositalardan foydalanish, ularni qo‘llash talablari hamda sharoitlari yuzasidan kasbiy bilim va ko‘nikmalar berildi.

Unda qatnashgan xodimlarga Elektroshok qurilmasining amaliyotda qanday qo‘llanilishi, unga qo‘shimcha qurilmalarni o‘rnatish va undan foydalanish tartibi yuzasidan tushunchalar berilib, ko‘rgazmali qurollar orqali amaliyotda foydalanish jarayoni ko‘rsatib berildi.

Mashg‘ulotlarda zamonaviy interfaol metodlardan foydalangan xolda shaxsiy xavfsizlik choralari va maxfiylik tartibotiga rioya qilish bo‘yicha maʼlumotlar ham taqdim etildi.

Bu kabi o‘quv-mashg‘ulotlar kelgusida xodimlarning xizmat faoliyatida elektroshok qurilmasini qo‘llash uchun ko‘nikma hosil qilishi bilan muhim sanaladi.

Text to speech