Malakali kadrlar — davr talabi!
Maʼlumki, ma’nan yetuk, bilimli, halol, vatanparvar va jasur nomzodlarni saralab, Ichki ishlar organlari tizimi uchun malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash hamda tizimda qonuniylikni ta’minlash borasida Ichki ishlar organlarida qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Buxoro viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati maʼsul xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIVning “Ichki ishlar organlarida kadrlar bilan taʼminlash xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘i talablariga alohida e'tibor qaratilib, uning ijrosi yuzasidan navbatdagi seminar mashg‘uloti tashkil etildi.
IIV Buxoro akademik litseyida bugun, 3-noyabr kuni oliy taʼlim muassasalarida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari, umutaʼlim maktablari inspektor-psixologlari va qator masʼullar ishtirokida o‘tkazilgan seminarda mazkur buyruqning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
Bunda, Ichki ishlar organlari xizmatiga hamda o‘qish muassasalariga malakali mutaxassis va iqtidorli yoshlarni jalb etish bo‘yicha nomzodlar zahirasini shakllantirish borasida so‘z yuritildi.