5 Dekabr 2022 yil 667

Maqsad mahallalarni jinoyatdan holi “Yashil” hududga aylantirish

Olot tumanining “Usmonsheyx” mahallasida jamoat tartibni saqlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida o‘tkazilgan “Xavfsiz hudud” maxsus tezkor-profilaktik tadbiriga viloyat IIBdan 28 nafar, tuman IIBdan 8 nafar xodimlar hamda 7 nafar jamoatchilik vakillari jalb qilindi.

O‘tkazilgan tadbirlar davomida "Usmonsheyx" mahallasi hududida jami 18 ta savdo do‘konlari egalari bilan do‘konlarni kameralashtirish, savdo do‘konlarida pul mablag‘larini saqlamaslik, noqonuniy mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanmaslik, eshik derazalarga temir panjara o‘rnatish va boshqa masalalar yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

"Usmonsheyx" mahallasi hududida istiqomat qiluvchi jami 19 ta nizoli oila, nizoli kuni-qo‘shni va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarga kirib, mazkur oilalardagi nizo va ajrim sabablari o‘rganilib, ular bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

Muqaddam maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganligi sababli profilaktik hisobga olingan "Usmonsheyx" mahallasida yashovchi 20 nafar fuqarolar bilan qayta huquqbuzarlik sodir etilishini oldini olish maqsadida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Sog‘liqni saqlash muassasasi hisobida turgan 16 nafar spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan  va ruhiy kasallar xonadoniga tibbiyot xodimlari bilan borilib, ularni sog‘lig‘idan xabar olindi.

Firibgarlik va o‘g‘irlik jinoyatlarini oldini olish maqsadida qassobchilik, mol tashuvchilik va mol olib sotish bilan shug‘ullanuvi 13 nafar fuqarolar bilan, shuningdek muqaddam sudlangan 20 nafar fuqarolar bilan ular tomonidan qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish maqsadida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Bundan tashqari, "Usmonsheyx" mahallasi hududidagi 7 ta “Sheraklar”, “Kipchok”, “Zargarkayrok”, “Qozirabod”, “Merganlar”, “Xosabuyi” va “Usmonsheyx” qishloqlarda jami 9 ta targ‘ibot guruhlari tashkil etilib, aholi xonadonlarida o‘g‘irlik va firibgarlik jinoyatlarini oldini olish yuzasidan targ‘ibot tashvikot ishlari olib borilib, jami 900 dan ortiq bukletlar va profilaktika inspektori tashrif qog‘ozlari tarqatildi.

Mazkur hududlarda yo‘l harakati xavfsizligi yo‘nalishda olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida 36 nafar qoidabuzar haydovchilarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, 9 ta avtomashina qarzdorligi bo‘yicha jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Shuningdek, haydovchilar bilan yo‘l transporti hodisalarini oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tashviqot ishlari olib borilib, mazkur yo‘nalishda haydovchilarga 100 ga yaqin targ‘ibot bukletlari tarqatildi.

Text to speech