13 Mart 2023 yil 572

Mast holatda IIO xodimiga tan jarohati yetkazgan shaxs endi qonun oldida javob beradi

2023 yil 11 fevral kuni soat 22:06 larda viloyat IIB “102” markazlashgan tizimiga Buxoro shahar A.Temur ko‘chasida yashovchi D.D. ismli erkak mast holatda turmush o‘rtog‘i bilan janjal qilayotganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.

Mazkur xabarnoma asosida hodisa joyiga yetib borgan Buxoro shahar IIO FMB 1-son IIB profilaktika inspektori hamda viloyat IIB JXX JSTB PPX batalyoni xodimlari spirtli ichimlik isteʼmol qilganlikda gumon qilingan fuqaro D.Dni xizmat avtomashinasida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun Buxoro shahar Piridastgir ko‘chasida joylashgan 11-son poliklinikaning qabulxonasiga olib borgan vaqtlarida D.D. IIB xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, hech bir sababsiz ularni nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilib, xizmat faoliyatini olib borayotgan HPB profilaktika inspektorining yuz qismiga qo‘l mushti bilan qasddan urib, sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra "burun suyagining yopiq sinishi" bilan kechgan tan jarohati yetkazib, xodimning o‘z xizmat vazifasini bajarishdan voz kechishiga majbur qilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech