10 Mart 2023 yil 472

Mast holda avtomashina boshqargan haydovchi YPX inspektoriga pora taklif qildi

Bir fuqaro YHXB inspektoriga spirtli ichimlik isteʼmol qilgan holda avtomobil boshqarib, yo‘l harakati qoidabuzarligini sodir etganligi yuzasidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik va avtomashinani jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga 100 AQSH dollari miqdorida pora berishni taklif qiladi.

Inspektorning Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i nomiga yozgan bildirgisi asosida 2023 yil 6 mart kuni taxminan soat 11:40 larda O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Kogon shahrida joylashgan avtomobil maydonchasida fuqaro inspektorga 100 AQSH dollarini pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Unutmang!

Pora berish ham, pora olish ham jinoyat va har ikkala holatda ham O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida bir xil jazo belgilangan.

Shunday ekan, har birimiz jamiyatda uchraydigan har qanday korrupsion holatlarga qarshi birgalikda kurashaylik.

Text to speech