15 Iyun 2023 yil 282

Maxsus bo‘limlar faoliyatining samaradorligi muhokamasiga qaratildi

IIV rahbariyati huzurida joriy yilning 25-may kuni Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi va uning joylardagi maxsus bo‘linmalarida amalga oshirilayotgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tezkor yig‘ilish o‘tkazilgan.

Mazkur tezkor yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan joriy yilning 3-6 iyun kunlari viloyatlar jumladan, Buxoro viloyati IIB TVBSOda amalga oshirilayotgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etishga doir navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda, maxsus bo‘linmaning xizmat va jangovar tayyorgarlik darajasi, xizmatni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahvoli, jangovar vazifalarni bajarishda yuqori kasbiy va professional tayyorgarlikni taʼminlash, amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishda xavfsizlik choralariga qatʼiy rioya etish, shuningdek shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda “temir intizom” o‘rnatish, har bir xodim bilan individual tartibda shug‘ullanish, jamoadagi maʼnaviy-ruhiy muxitni yaxshilash bo‘yicha amaliy yordamlar ko‘rsatish borasida so‘z yuritilib masʼullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Text to speech