13 Fevral 2023 yil
761
Milliy Gvardiyaga ishga qo‘ymoqchi bo‘lgan o‘rmon-ov xo‘jaligi masʼul xodimi qo‘lga olindi
Muborak davlat o‘rmon-ov xo‘jaligi direktori Vobkent tumani Xargo‘sht mahallasida yashovchi, 1981yilda tug‘ilgan N.Sh fuqarolar M.J va H.X larni aldab, Milliy Gvardiyada ishlovchi vakolatli tanishiga pora berish orqali fuqaro H.X ni Milliy Gvardiyaga ishga joylashtirishni vaʼda qilib, ulardan 3000 AQSH dollari berishini talab qiladi.
2023 yil 31 yanvar kuni viloyat huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Buxoro shahridagi “Turon” mehmonxonasi oldida talab qilingan pullarni olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 168-moddasi 3-qismi jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.