17 Iyul 2023 yil
468
Moddiy manfaatdorlik evaziga Tibbiyot texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan ustomon qo‘lga olindi
Shofirkon tumani Tinchlik mahallasida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan N.U. o‘zining vakolatli tanishlari orqali ushbu tumanda istiqomat qiluvchi bir ayolning jiyanini G‘ijduvon tumanidagi tibbiyot texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilib, evaziga 500 AQSH dollari talab qiladi.
Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu shaxs talab qilingan pullarni olayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.