12 Iyun 2023 yil 517

Mol bozordagi bezorilik holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2023-yil 11-may kuni soat 07:30 larda Romitan tumani “Decha” mahallasida joylashgan “Qo‘rg‘on” mol bozori hududidagi avtoturargohda tumanning “Qalaycharbog‘” mahallasida yashovchi, 1981-yilda tug‘ilgan M.A. va F.Sh. lar o‘zaro mol oldi-berdi masalasida savdolashib turgan vaqtlarida gazberonlik 1995-yilda tug‘ilgan K.N. ularning o‘rtalaridagi savdolashish jarayoniga hech bir sababsiz aralashib, M.A. ni qo‘l mushti va oyoqlari bilan urib, do‘pposlagan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan fuqaro K.N. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech