21 Avgust 2023 yil 831

Muhokama yig‘ilishi oliy taʼlim sohasida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarga bag‘ishlandi

Bugun, 21 avgust kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida boshqarma boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov huzurida viloyatda joriy yilning 7 oyi davomida oliy talim muassasalari ishchi xodimlari, o‘qituvchi hamda talabalari ishtirokida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarlik holatlarining sohabay muhokamasi o‘tkazildi.

Muhokama yig‘ilishida boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmat rahbarlari hamda viloyatda mavjud davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarining rektor va prorektorlari ishtirok etishdi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda jinoyat va huquqbuzarliklarning omillari, ularning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlar birma-bir tahlil qilinib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan aniq va manzilli profilaktik tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, bugungi bildirilgan fikrlardan xulosa chiqargan holda, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni, tegishli tashkilotlarning hamkorligini yo‘lga qo‘ygan holda zudlik bilan bartaraf etish, Buxoro viloyatida yoshlar o‘rtasi jinoyatchilik salmog‘ini kamaytirish borasida bajarilishi lozim bo‘lgan kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Text to speech