Muhokama: Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi
Bugun, 27-oktyabr kuni Buxoro viloyati IIBda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik Erkin Safarov boshchiligida navbatdagi videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda viloyat IIB boshlig‘ining barcha o‘rinbosarlari, mustaqil boshqarma va sohaviy xizmat rahbarlari, viloyat Ichki ishlar boshqarmasidan hududlarga biriktirilgan masʼullar, shahar va tuman IIB masʼul rahbarlari, tezkor vakillar va profilaktika inspektorlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda:
- viloyat IIB boshlig‘ining joriy yil 19-oktyabrdagi 95-sonli Farmoyishiga asosan viloyat miqyosida Nazorat maxsus profilaktik tadbiri yuzasidan amalga oshirilgan ishlar sarhisobi;
- joriy yilda sodir etilib, fosh qilinmagan jinoyatlarni fosh etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati;
- yashash manzilidan uzoq muddatga ketgan va uzoq muddatdan so‘ng yashash manziliga qaytgan shaxslar bilan olib borilayotgan ishlar ahvoli;
- qidiruvdagi shaxslarni ushlashda amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli kabi kun tartibidagi masalalar tanqidiy muhokama qilindi.
Ko‘rib chiqilgan har bir masala yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglanib, tekshiruv natijalari va yo‘l qo‘yib kelinayotgan tizimli kamchiliklar, ularni bartaraf etish borasida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olinib, viloyat Ichki ishlar boshqarmasidan shahar va tumanlarga biriktirilgan kuratorlarga manzilli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi va masʼul rahbarlarning javobgarligi kuchaytirildi.