10 Noyabr 2022 yil 884

Muhokama: korrupsiya — milliy taraqqiyot halokati

Maʼlumki, jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiladigan, mamlakatdagi mavjud qonunlarga nisbatan ishonchsizlik hamda ularni hurmat qilmaslik ruhini vujudga keltiradigan salbiy illat sanalgan korrupsiya hozirgi kunning eng dolzarb muammosi ekani va undan saqlanish, uning qurboniga aylanmaslik, bu illatga qarshi mamlakatimizda ham jiddiy kurash olib borilmoqda.

Joriy yilning 10-noyabr kuni Buxoro viloyati IIBda Korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan navbatdagi tadbir tashkil etildi.

Unda, O‘zbekiston Respublikasi IIV Maʼnaviy maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti MMIX boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik A.Inomov, Buxoro viloyati IIB o‘rinbosari, MM va KBTX boshlig‘i podpolkovnik Umid Utayev hamda ishchi guruh aʼzolari, viloyat IIB MMI va KBTX shaxsiy tarkibi ishtirok etishdi.

Tadbirda ishchi guruh tomonidan viloyat IIBda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tuzilgan “Ishchi guruh”larning faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun va davlatimiz rahbarining bu boradagi tegishli Farmon hamda qarorlari talablarining ijrosining nazorati xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, hududiy ichki ishlar organlarida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i hamda ko‘rsatmalari, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar Dasturining ijrosiga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Text to speech