5 Sentyabr 2022 yil 268

Murojaat va yechim: Buxoro tumanidagi 44-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabining qo‘shimcha binosi foydalanishga topshirildi

Joriy yilning 19-aprel kuni viloyat 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining Buxoro tumani “Bog‘idasht” mahallasi yoshlari bilan o‘tkazgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”da fuqaro Nasim Sayfiyev hududda joylashgan 44-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabida o‘quvchi sig‘imi ko‘pligi biroq, ta‘lim maskani binosi quvvatining bunga javob bermasligi uchun qo‘shimcha yangi bino hamda sport maydonchasi qurilishida amaliy yordam berishni so‘rab murojat qilgan edi. Murojati yuzasidan qisqa fursatda amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Tuman hokimligi hamda sahovatpesha homiylar mablagʻlari hisobidan maktabning 120 oʻquvchi sigʻimiga ega boʻlgan 2 qavatli, 4 ta sinfxonasidan iborat qoʻshimcha binosi qadrostladi.

Bugun 4-sentabr kuni 44-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabining zamonaviy ko’rinishdagi yangi binosining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Tantanali tadbirda IIB rahbaryati, Xalq talimi boshqarmasi masullari, tuman sektor rahbarlari, maktab jamoasi, oʻquvchilarning ota-onalari ham mahalla ahli ishtirok etishdi.

Text to speech