1 Mart 2023 yil
469
Namanganlik shaxs buxorolik fuqaroning plastik kartasidan pul o‘mardi
Jondor tumani Nurafshon ko‘chasida yashovchi fuqaro tuman IIB ga ariza bilan murojaat qilib, 2023 yilning 6 yanvar kuni nomaʼlum shaxs uning plastik kartasidan 1.215.000 so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlaganligini bildiradi.
Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Namangan viloyati Davlatobod tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan I.A. sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.