19 Fevral 2023 yil 568

Narkotik moddalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi

2023 yil 18 yanvar kuni soat 15:00 larda viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Kogon shahar “Do‘stlik” ko‘chasida joylashgan “Lider” savdo do‘koni oldida yurgan Buxoro shahar Navro‘z ko‘chasida yashovchi 1978 yilda tug‘ilgan I.N. giyohvand modda saqlab kelayotganligi gumoni bilan to‘xtatilib, yonlari ko‘zdan kechirilganda, uning qora rangli ustki kurtkasi o‘ng yon cho‘ntagi ichidan rangsiz polietilen sellofanga solingan qizg‘ish rangdagi kukunsimon modda va ustki kurtkasining ichki cho‘ntagidan 1 dona ichida 1 mg. suyuqlik mavjud bo‘lgan 2 mg.li shprisni qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh Markazi tomonidan ushbu polimer paket ichidagi oq-qizg‘ish rangli o‘ziga xos hidli kristall-kukunsimon, vazni 1.17 grammni tashkil qilgan moddaning tarkibida 0.454311 grammga teng, ko‘p miqdordagi aktiv «alfa-pirrolidinovalerofen N» moddasi va 2 ml.li tibbiyot shpris ichidagi hajmi 0.5 ml.gramm bo‘lgan rangsiz suyuqlik tarkibida 0.01073568 grammni tashkil qilgan aktiv «alfa-pirrolidinovalerofenon» moddasi borligi va ushbu moddalar O‘zbekiston Respublikasida muomalasi taqiqlangan narkotik moddalar tarkibiga kirishi to‘g‘risida sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasi berilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech