Navoiylik ayol g‘ijduvonlik sotuvchini chuv tushirdi
2022 yil 09 dekabr kuni nomaʼlum shaxs, G‘ijduvon tumani Sharq mahallasi hududida joylashgan “Xo‘jai Jahon buyum bozori”dagi tillo-taqinchoqlar sotiladigan savdo do‘koniga mijoz sifatida kelib, sotuvchi shu tumanining Nodira mahallasida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan J.N. ni aldab unga tegishli tillo-taqinchoqni sotib olmoqchiligini va taqib ko‘rishini aytib, bahosi 1.000.000 so‘mlik 1 dona ayollar tilla uzugini qo‘lga kiritib, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK. ning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Navoiy viloyati Nurato tumanida yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan M.O‘. ismli ayol sodir qilganligi aniqlan.
Hozirgi kunda ushbu ayolning boshqa shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.