Nepallik fuqarolarni 124.500 AQSH dollariga chuv tushirgan ayolning qilmishlari fosh etildi.
2022 yilning sentyabr oyida Buxoro shahar "Shota Rustaveli" ko‘chasida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan Yu.D. ismli ayol bir guruh shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, oldindan tuzilgan reja asosida Buxoro shahar 7-kichik nohiyadagi xonadondan turib, 42 nafar Nepal davlati fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasiga chaqirib, ularga viza olib berish va Yevropa davlatlariga jo‘natish vaʼdasini berib, ushbu chet el fuqarolaridan jami 124.500 AQSH dollari miqdoridagi pullarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, bergan vaʼdasini bajarmay qo‘lga kiritgan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganlar.
Mazkur holat yuzasidan Yu.D. ismli ayol boshchiligidagi jinoiy guruhga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.