19 Aprel 2023 yil 415

Noqonuniy valyuta ayriboshlash bilan shug‘ullangan shaxs tezkor tadbir davomida ushlandi

Jondor tumani Darveshi mahallasida yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan J.I. 2023 yil 14 aprel kuni soat 12:40 larda Jondor tumanida joylashgan o‘ziga tegishli bo‘lgan bolalar o‘yinchoqlari savdo do‘konida qonunga xilof ravishda fuqaro H.X.dan har bir AQSH dollarini 11.380 so‘mdan hisoblab, 3.300 AQSH dollarini 37.554.000 so‘mga sotib olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 177-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech