Noqonuniy valyuta ayriboshlash bilan shug‘ullanganlar fosh etildi
Joriy yilning 17 yanvar kuni Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida G‘ijduvon tumani Kabobi ko‘chasida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan N.A. va shu tumanning Paxtakor ko‘chasida yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan S.X. lar Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasida joylashgan RSHTYOIM Buxoro filiali oldida qonunga xilof ravishda jami 20.000 Turkman manatini 4.000 AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ushlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.
Maʼlumot o‘rnida “Ipoteka bank” AT Sardor filialining 18.01.2023 yildagi maʼlumotiga ko‘ra, Markaziy bank belgilagan bir "Turkman manati" ning milliy so‘mga nisbatan qiymati 3 ming 250 so‘m 60 tiyin bo‘lib, 20.000 "Turkman manati" 65 mln. 12 ming so‘mni tashkil qilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK. ning 177-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.