2 Mart 2023 yil
448
Noqonuniy ov quroli saqlab kelgan shaxs aniqlandi
"Xavfsiz hudud" keng qamrovli tezkor hamda profilaktik tadbirlar doirasida 2023 yil 22 fevral kuni Peshku tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tumanning Talisobun mahallasida yashovchi fuqaro o‘zining yashash xonadonida 1 dona 1964 yilda IJEVSK qurol zavodida ishlab chiqarilgan, silliq milli, 16 kalibrli, “IJ-18” modelli o‘q otish uchun yaroqli bo‘lgan ov miltig‘ini tegishli ruxsatnomasiz, qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 248-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.