Noqonuniy valyuta ayriboshlash bilan javobgarlikka tortilgan fuqaro yasha jinoyat ustida ushlandi
Buxoro shahar O.Eshonov ko‘chasida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan R.B. Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shaHar sudining 2023 yil 17 iyul kunidagi qaroriga ko‘ra, valyuta qimmatliklarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi MJtK.ning 170-moddasi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsada, bundan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, o‘zining noqonuniy faoliyatini davom ettirib, 28 iyul kuni taxminan soat 21:00 larda shaharning I.Mo‘minov ko‘chasida joylashgan Buxoro savdo majmuasi oldida qonunga xilof ravishda boshqa bir fuqarodan har bir AQSH dollarini 11.575 so‘mdan hisoblab, 2000 AQSH dollarini 23.150.000 so‘mga sotib olgan vaqtida Departamentning Buxoro shahar bo‘limi xodimlari tomonidan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 177-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.