17 Aprel 2023 yil 443

Noqonuniy valyuta ayriboshlash bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi

Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro J.K. 2023 yil 12 aprel kuni Buxoro shahridagi “Buxoro savdo majmuasi” binosi oldidagi yo‘l yoqasida qonunga xilof ravishda bir fuqarodan har bir AQSH dollarini 11.380 so‘mdan hisoblab, 5000 AQSH dollarini 56.900.000 so‘mga ayriboshlab bergan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 177-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech