20 Iyul 2023 yil
587
Noqonuniy valyuta ayriboshlash bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, Departamentning viloyat boshqarmasi hamda Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Buxoro shahar S.Sheroziy mahallasida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan A.D. viloyat transport boshqarmasi binosi oldidagi avtoturargoh yonida soat 15:00 larda boshqa bir fuqaroga qonunga xilof ravishda har bir AQSH dollarini 11.650 so‘mdan hisoblab, jami 4.700 AQSH dollarini 54.755.000 so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, hujjatlashtirilgan va 4.700 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 177-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.