Noqonuniy valyuta ayriboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi
1996 yilda tug‘ilgan R.O. ismli shaxs muqaddam Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining 2023 yil 7 aprel kunidagi qaroriga ko‘ra, valyuta qimmatliklarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 170-moddasi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsada, bundan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan 2023 yil 26 aprel kuni taxminan soat 12:50 larda Buxoro viloyati ququq-tartibot organlari tomomnidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomi shahardagi “Buxoro savdo majmuasi” binosi oldida qonunga xilof ravishda har bir AQSH dollarini 11.300 so‘mdan sotib olishga kelishib, 500 AQSH dollarini 5.650.000 so‘mga sotib olgan vaqtda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respubliksi JK.ning 177-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.