24 Fevral 2023 yil
581
Noqonuniy valyuta ayriboshlash faoliyati bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi
G‘ijduvon tumani Nodira ko‘chasida yashovchi 1999 yilda tug‘ilgan T.M. muqaddam JIB G‘ijduvon tumani sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi MJtK ning 170-moddasi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilganiga qaramasdan, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmay, 2023 yil 23 fevral kuni soat 10:40 larda “G‘ijduvon tuman dehqon bozori” MCHJ ning kiraverish darvozasi oldida qonunga xilof ravishda maxsus xaridordan har bir AQSH dollarini 11.300 so‘mdan hisoblab, 1.100 AQSH dollarini 12.430.000 so‘mga sotib olgan vaqtida viloyat huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 177-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.