14 Aprel 2023 yil 462

Noqonuniy yer egallash holati aniqlandi

Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan Qorako‘l tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi o‘rganilganda, tumandagi “Mallaishayx” mahallasi hududidagi tuman hokimligi zahira fondida turgan 4992-konturdagi sug‘oriladigan ekin yerdan shu hududda yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan S.G. tomonidan 2022 yil may oyida hech qanday hujjatsiz, o‘zboshimchalik bilan jami 200 m.kv. yer maydonini egallab olib, shundan o‘lchami 20x9=180 m.kv. maydonda yashash uchun bino inshooti qurganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 229/1-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech