Noqonuniy yer oldi-sotdisiga chek qo‘yildi
Buxoro shahar Gazlishox ko‘chasida yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan D.E. turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, o‘zga bir fuqaroni aldab, unga Buxoro tumani hokimligi zaxirasida turgan, Rabotiqalmoq mahallasida joylashgan Zarafshon bog‘dorchilik shirkatining 0,05 gektar bo‘sh yer maydonini sotish va keyinchalik hujjatlarni rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, evaziga undan 3500 AQSH dollari talab qiladi.
2023 yil 21 fevral kuni Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida ular Buxoro tumani “Madaniyat” avtoshohbekati oldida talab qilingan pullarni olgan vaqtlarida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.