26 Aprel 2023 yil 439

Noqonuniy yer savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar endi qonun oldida javob beradi

Buxoro shahar “R.Hamroyev” mahallasida yashovchi 1954 yilda tug‘ilgan S.Q. o‘zganing mulkini aldash yoki ishonchini suiisteʼmol qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish maqsadida 2023 yilning yanvar oyida tanishi Buxoro tumani “Rabot” mahallasida yashovchi 1963 yilda tug‘ilgan T.B. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib,  Buxoro tumani “Arabxona” mahallasida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan H.A. bilan Kogon tumani Guliston massivi hududida uchrashib, mazkur hududda joylashgan aslida o‘ziga tegishli bo‘lmagan, biror hujjatlarsiz, egalik huquqi bo‘lmagan holatda foydalanib kelayotgan 3 gektar suv havzasi va  7 gektar beda ekilgan yer maydonini o‘ziga tegishli ekanligini aytib, 4 ming AQSH dollari evaziga fuqaro H.A. nomiga qonuniy hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, uni aldab, kelishilgan pullardan 1.000 AQSH dollarini olib o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning  168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech