18 Fevral 2023 yil 565

Noqonuniy yer savdosi bilan shug‘ullanganlar fosh etildi

Buxoro shahar Shaftolizor ko‘chasida yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan Yu.N. ismli ayol va Buxoro shahar Shirbudin ko‘chasida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan A.A. ismli shaxslar o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, o‘zga bir fuqaroni aldab, ishonchini suiisteʼmol qilib, unga Buxoro tumani hokimligi zaxirasida turgan, Rabotiqalmoq mahallasidagi “Zarafshon” bog‘dorchilik shirkatida joylashgan 0,15 gektar bo‘sh yer maydonini sotish va keyinchalik hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 9500 AQSH dollari talab qilishadi.

2023 yil 8 fevral kuni viloyat huquq-tartibot organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu shaxslar mazkur yer maydoni oldida talab qilingan pullarni to‘lov sifatida olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech