13 Fevral 2023 yil
740
Noqonuniy yer savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Olot tumani Paxtakor mahallasida yashovchi, 1960 yilda tug‘ilgan R.M. fuqarolar N.R. va S.S. larni aldab, ularga tuman O‘rmon xo‘jaligi balansida bo‘lgan yer maydonidan 2 yil davomida foydalanish huquqini vakolatli tanishlari orqali olib berishni vaʼda qilib, ulardan 400 AQSH dollari pullarni so‘ragan.
2023 yil 3-fevral kuni viloyat huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qorako‘l tumani Do‘stlik mahallasida joylashgan avtoturargohda talab qilingan pullardan 300 AQSH dollarini olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK nin 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.