7 Fevral 2023 yil
682
Oq xalat kiygan qora niyatli masʼul jinoyat ustida qo‘lga olindi
Peshku tumani Tibbiyot birlashmasidagi masʼul vazifalardan birida ishlovchi 1966-yilda tug‘ilgan P.J. ismli shaxs o‘z mavqeidan foydalanib, boshqa bir Sh.R. ismli ayolning 4 haftalik homilasini davolash yo‘li bilan tushirib berish evaziga tamagirlik yo‘li bilan 100 AQSH dollari berishni talab qiladi.
Viloyat huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan 2023-yil 20-yanvar kuni hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda P.J. tibbiyot birlashmasidagi xizmat xonasida talab qilingan pullarni pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.